Kontentga o‘tish

Sayt test rejimida ishlayapti

Kvarts AJKVARTS AJ

Biz haqimizda

Kvarts AJ 1975 yilda ishga tushirilgan - Markaziy Osiyo va O‘zbekistondagi silliqlangan oyna va shisha idish ishlab chiqarish bo‘yicha eng yirik korxona. Sifati uchun Kvarts AJ Oltin medal bilan taqdirlangan. Sifat menejmenti tizimi ISO 9001 bo‘yicha sertifikatlangan. Mahsulot ichki bozor ehtiyojini to‘liq qondiradi va ko‘plab mamlakatlarga eksport qilinadi.

Korxona tarixi

1975 yildan bugungi kungacha

1975

Kvarts korxonasi tashkil etildi

Quvasoyda respublikadagi ilk shisha idish korxonasi ishga tushirildi.

1995

Mulkchilik shakli o‘zgardi

Korxona aksiyadorlik jamiyatiga aylantirildi.

1996

PPS sexi ishga tushirildi

Qurilish uchun silliqlangan float-oyna ishlab chiqarish, tashqi bozorga chiqish.

2006

MVP sexi modernizatsiya qilindi

Yangi shisha shakllantiruvchi mashinalar va shixta uzatish tizimi.

2016

Mahalliy xomashyoga o‘tish

Soda, qum, dolomit va ohaktosh - O‘zbekistondan. Valyuta tejaladi.

2017

Oynaga fotobosma o‘zlashtirildi

Fasad, mebel va texnika uchun vitraj va dekor.

2017

MVZ-2 sexi modernizatsiya qilindi

Zamonaviy kontrollerlarda ishlaydigan avtomatik boshqaruv tizimi va BOTERRO mashinalari.

2018

O‘zbekiston tarixidagi ilk IPO

Chiqarilgan aksiyalarning 54% sotildi. Savdolar - 4 aprel.

2021

400 t/kun yangi PPS sexi

Quvvati sutkasiga 400 tonna qurilish oynasi bo‘lgan float-liniya.

Mahsulot turlari

Biz ishlab chiqaramiz

Barchasini ko‘rish
01 / 09