Kontentga o‘tish

Sayt test rejimida ishlayapti

Kvarts AJKVARTS AJ
28-oktabr, 2026

«Kvarts» AJda Butunjahon mehnatni muhofaza qilish kuniga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi.

Unda kasaba uyushmasi qo‘mitasi, mehnatni muhofaza qilish va texnika xavfsizligi bo‘limi mutaxassislari, shuningdek tarkibiy bo‘linmalar rahbarlari ishtirok etdi. Dastlab kasaba uyushmasi qo‘mitasi vakillari so‘zga chiqib, korxonada xodimlar salomatligini muhofaza qilish va xavfsiz mehnat sharoitlarini ta’minlash bo‘yicha olib borilayotgan ishlar haqida ma’lumot berdi. So‘ngra MTB boshlig‘i va bo‘lim muhandisi ushbu sohadagi dolzarb masalalar yuzasidan ma’ruzalar qildi.

Tadbir davomida mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha videoroliklar va o‘quv materiallari namoyish etildi, shuningdek xodimlar uchun amaliy tavsiyalar berildi.

Mazkur tadbir «Kvarts» AJda mehnat xavfsizligini ta’minlash, ishlab chiqarish jarayonlaridagi xatarlarning oldini olish va xodimlar ongida xavfsizlik madaniyatini yanada mustahkamlashga qaratilgan tizimli ishlar olib borilayotganini yana bir bor ko‘rsatdi.